Jamiyat | 13:00 / 03.12.2019
73629
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilon shahri hokimining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyidan osilgan holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

«Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismidan 30 noyabr kuni soat 11:00larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, shahardagi Mustaqillik ko‘chasi 174-xonadonda yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan T.E. yashash xonadoni yerto‘lasida kabeldan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osib vafot etgan», deyilgan ma'lumotnomada.

Ayni vaqtda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

T.E. 2018 yil 20 avgustda Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019 yil 2 aprel kuni o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid