Abu-Dabida superkar rekord narxga sotildi
Sotheby’s auksion uyi BAA poytaxti Abu-Dabida o‘tkazgan auksionda mexanik uzatishlar qutisi va tomsiz Pagani Zonda Aether superkarini rekord narxga sotdi.
Avtomobil 6182000 dollarga yoki 22 mln 700 ming dirhamga sotilgan. Bugungi kunga kelib bu mashina “Zonda”ning auksionda sotilgan eng qimmatbaho nusxasi sanaladi.
Superkar rodster kuzovida ishlangan bo‘lib, 7,2 litrli, 12 silindrli, 759 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel bilan birga mexanik turdagi 6 pog‘onali uzatmalar qutisi ishlaydi.
Auksion tashkilotchilari mashina uchun dastlab 4,4 mln dollardan 5,5 mln dollargacha olishmoqchi bo‘lishgan.
Eng qimmatbaho yangi avtomobil nomi ham “Zonda”ning modifikatsiyalaridan biriga tegishli bo‘lib, avtomobil markasi rahbari Goratsio Paganining aytishicha, 2018 yilda taqdim qilingan va uch nusxada chiqariladigan mashinadan har biri 15 mln yevro turadi.
Mavzuga oid
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024
BAA va Fransiya yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi
21:38 / 24.04.2024
BAA suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun qariyb 550 mln dollar sarflaydi
22:51 / 16.04.2024