Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod va Sergeli tumanlarida issiqlik ta'minotida uzilish yuz berdi
Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 02:45da Mirobod tumanida joylashgan 6-sonli qozonxonadan ta'minlanuvchi 600 diametrli magistral issiqlik tarmog‘idagi avariya natijasida Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, mavjud issiqlik quvuri muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli hozirda uning ta'mirtalab qismi yangisiga almashtirilmoqda.

Bugun soat 14:00 da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanishi aytilgan.
Mazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga zarur texnikalar va mutaxassislar jalb etilgani bildirilmoqda.
“Hurmatli hamshaharlar! Sizlardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!” - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
10:02 / 10.04.2025