O‘zbekiston | 10:20 / 05.12.2019
5968
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakulteti tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tantanali ravishda Yaponshunoslik fakulteti ochildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori janoblari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1992 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha ochilgan birinchi o‘quv maskani sanaladi. 

Oxirgi yillarda ToshDShIda yaponshunoslik sohasida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yangi fakultet shakllanishiga asos bo‘ldi.

ToshDShIda yangi fakultetning tashkil topishi yaponshunoslik bo‘yicha o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini bir yerga to‘plash hamda ushbu soha yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkoniyatini berish bilan bir qatorda, o‘zbek yaponshunosligini yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilishi aytiladi.

Mavzuga oid