O‘zbekiston | 21:10 / 05.12.2019
6525
2 daqiqa o‘qiladi

«Turkmanenergo» elektr uzatish tarmog‘i ta'mirlanib, import amaliyoti tiklandi

2019 yil 4 dekabr kuni soat 10:53da «Serdar» (Turkmaniston) va «Qorako‘l» (O‘zbekiston) podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kV.li havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda o‘chish holati sodir bo‘lgani, shu sababli elektr uzatish tarmog‘ida tuzatish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati Kun.uz’ga magistral tarmoqdagi nosozlikka «Turkmanenergo» balansidagi elektr tarmog‘ining chegara hududiga yaqin joyda uzilgani sabab bo‘lganini ma'lum qildi.  

O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan olib borilgan ta'mirlash ishlari natijasida bugun, 5 dekabr kuni soat 16:23da «Qorako‘l» va «Serdar» podstansiyalarini bog‘lovchi L-512 havo tarmog‘i ishga tushirilib, Turkmanistondan qabul qilinayotgan elektr energiya amaliyoti to‘liq tiklangan.

Mavzuga oid