Sport | 12:09 / 06.12.2019
11464
3 daqiqa o‘qiladi

3 yillik tashrif taqqosi: Superligaga qiziqish pasaymoqda

Foto: Tribuna.uz

Superliga-2019 uchrashuvlarida mavsum davomida stadionlarga tashrif buyurgan tomoshabinlar sonini sarhisob qilib, klublarning muxlis to‘plash borasidagi natijalari haqida ma'lumot bergandik.

 Bugun esa Superliga o‘yinlaridagi so‘nggi uch yillik tashrifni o‘zaro taqqosladik. Afsuski, statistika O‘zbekiston chempionatiga muxlislarning qiziqishi ushbu mavsumdan yana pasaya boshlaganligini ko‘rsatmoqda.

 Jumladan, 2017 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Oliy liganing har bir uchrashuviga o‘rtacha 4087 nafar tomoshabin to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018 yilgi Superliga bahslariga esa o‘rtacha 6891 nafar muxlis tashrif buyurgan. 2019 yilgi Superligada bu raqam 5631 nafarni tashkil qildi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda, muxlislar tashrifi 19 %ga kamayganligini bildiradi.

 Oldingi mavsumda tomoshabinlar tashrifi borasida peshqadam bo‘lgan «Navbahor»ning Namangandagi o‘yinlariga o‘rtacha 15 444 muxlis kelgan bo‘lsa, bu yil bu son 11 233 nafarga kamaygan.

 O‘tgan mavsumda o‘rtacha eng kam tashrif – 4264 nafar tomoshabin «Lokomotiv» uy o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu yil o‘rtacha eng kam tomoshabin – 2254 nafar muxlis OKMK o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan.

 Tomoshabinlar tashrifi. So‘nggi uch mavsumdagi holat:

 2019 yilgi holat: (har o‘yinda o‘rtacha 5 631 tomoshabin)

1. NAVBAHOR - 11.233 tomoshabin

2. PAXTAKOR - 8.048

3. NASAF - 7.499

4. ANDIJON - 7.414

5. BUXORO - 7.156

6. DINAMO - 6.883

7. SURXON - 5.894

8. SO‘G‘DIYoNA - 4.538

9. QO‘QON-1912 - 4.502

10. QIZILQUM - 4.411

11. MeTALLURG - 4.333

12, BUNYoDKOR - 2.378

13. LOKOMOTIV - 2.292

14. OKMK - 2.254

2018 yilgi holat: (har o‘yinda o‘rtacha 6891 tomoshabin)

1. NAVBAHOR - 15.444 tomoshabin

2. BUXORO - 13.089

3. PAXTAKOR - 10.893

4. BUNYoDKOR - 8624

5. NeFTChI - 7830

6. QIZILQUM - 7281

7. QO‘QON-1912 - 6334

8. MeTALLURG - 6155

9. SO‘G‘DIYoNA - 5809

10. NASAF - 5607

11. OKMK - 5266

12. LOKOMOTIV - 4264

 2017 yilgi holat: (har o‘yinda o‘rtacha 4087 tomoshabin)

1. BUXORO - 11.337 tomoshabin

2. NAVBAHOR - 10.240

3. DINAMO - 7.642

4. QO‘QON-1912 - 6.983

5. QIZILQUM - 6.429

6. NASAF - 4720

7. PAXTAKOR - 4.207

8. ShO‘RTAN - 3.603

9. OLMALIQ - 2.968

10. SO‘G‘DIYoNA - 2.431

11. NeFTChI - 2.423

12. MASh'AL - 2.368

13. LOKOMOTIV - 1.445

14. MeTALLURG - 1.164

15. BUNYoDKOR - 867

16. OBOD – 778.

 Usmon Ibodov tayyorladi.

Mavzuga oid