Jamiyat | 14:09 / 06.12.2019
15160
2 daqiqa o‘qiladi

Chikagoda O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Pixels

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 5 dekabr kuni mamlakatimiz fuqarosi U.N. Chikago shahridagi o‘z xonadonida vafot etdi.

TIV xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda o‘lim sababini aniqlashtirish bo‘yicha sud-tibbiy jarayonlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, deya aniqlik kiritiladi vazirlik ma'lumotida.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va AQShning 35 shtati (Alyaska, Arizona, Kaliforniya, Konnektikut, Havayi, Aydaho, Illinoys, Indiana, Ayova, Kanzas, Men, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu-Hempshir, Nyu-Jyersi, Nyu-Mexiko, Nyu-York, Shimoliy Dakota, Ohayo, Oregon, Pennsilvaniya, Puerto Riko, Rod Aylend, Janubiy Dakota, Yuta, Vermont, Virgin Orollari, Vashington, Viskonsin, Vayoming), shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Mavzuga oid