Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya «juda muhim» sinov o‘tkazganini e'lon qildi
Pxenyan 8 dekabrda Soxe kosmodromida mamlakatning strategik holatiga ta'sir qiladigan “juda muhim sinov” o‘tkazganini ma'lum qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, sinovlar 7 dekabr ertalab o‘tkazilgan, uning natijalari haqida Shimoliy Koreya Ishchi partiyasi markaziy qo‘mitasiga ma'lum qilingan. Agentlik sinov natijalari “yaqin istiqbolda Shimoliy Koreyaning strategik pozitsiyasi o‘zgarishiga muhim ta'sir” ko‘rsatishini ma'lum qilgan.
Xabarda gap qanday sinovlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan. Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Shimoliy Koreya kosmodrom maydonchasidagi sun'iy yo‘ldoshlarni uchiruvchi qurilmalarning dvigatellarini sinovdan o‘tkazishni boshlamoqchiligi bo‘layotgani mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Qayd qilinishicha, sinovlar o‘tkazilgani haqidagi xabarlar Pxenyan AQShga yadroviysizlash bo‘yicha muzokaralarda yon bosishga borishi maqsadida bosimni kuchaytirayotgan vaqtda paydo bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025