Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropada oxirgi 25 yil ichidagi eng katta qo‘shinni joylashtiradi
AQSh 2020 yil fevral-aprel oylarida Yevropaga 20 ming harbiyni vaqtinchalik jo‘natadi. Harbiylar Yevropa davlatlari bilan birgalikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.
AQSh qurolli kuchlari brigada generali Shon Barnabining ta'kidlashicha, harbiylar Yevropa bo‘ylab turli mashg‘ulotlarda, jumladan “Yevropa himoyachisi 2020”, “Tezkor javob”, “ Shamshir zarbasi”, “Ittifoqdoshlik ruhi”, “Jadal front” kabilarda ishtirok etish uchun taqsimlanadi.
“Bu amerikalik harbiylarning Yevropada oxirgi 25 yil ichidagi eng katta joylashtirilishidir”, deb aytgan general.
Mashg‘ulotlar tugagach, amerikalik harbiylar AQShdagi joylariga qaytadi.
Amerikalik harbiylar texnika bilan birga Yevropaga AQShning 4 ta shtatidagi portlardan jo‘natilib, Yevropaning 6 ta davlatiga keltiriladi. So‘ngra ular turli transport bilan mashg‘ulotlar joylariga yetkaziladi.
“Yevropa himoyachisi 2020” mashg‘ulotlarida turli davlatlardan hammasi bo‘lib 37 ming harbiy ishtirok etishi rejalashtirilgan. Amerikalik harbiylarning o‘zi mashg‘ulotlarda 13 mingta texnika birligini qo‘llashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025