Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘n yillikning eng yaxshi gadjetlari ma'lum qilindi
The Verge nashri poyoniga yetayotgan o‘n yillikning (2010-2019 yillar) eng yaxshi gadjetlari yuztaligini tuzdi.
Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni 2010 yilda chiqarilgan iPhone 4 smartfoni egalladi.
“iPhone 4 barcha yaratilgan smartfonlar ichida eng chiroylisidir va bugungi kunda ham telefonlar uchun asosiy andoza bo‘lib qolmoqda. Texnologiya va madaniyatni uchalik o‘zgartira olgan boshqa telefon bo‘lmagan. Kimdir yana shunday narsa chiqarishi lozim”, deb ta'rif bergan smartfonga nashr bosh muharriri Nilay Patel.
Uning ta'kidlashicha, iPhone 4’ning oynavand panellar va metall ramadan iborat “buterbrod” ko‘rinishidagi dizayni hanuzgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda, 5 Mpli asosiy kamerasi esa kameralar uchun sifat standartini belgilab bergan. Shuningdek, ushbu smartfon Retina displeyli ilk telefon bo‘lgan hamda selfi kamera bilan jihozlangan ilk iPhone bo‘lgan.
Shuningdek, reytingning yetakchi o‘ntaligidan Amazon Echo “aqlli” karnayi, Apple MacBook Air noutbugi, Samsung Galaxy S6 smartfoni, Tesla Model S avtomobili, Apple AirPods simsiz quloqchini, Apple Watch Series 3 “aqlli” soati, Microsoft Surface Pro 3 plansheti, Sony PlayStation 4 o‘yin qurilmasi va Google Pixel 2 smartfoni o‘rin olgan.
Reytingning oxirgi o‘rinlarini Magic Leap One aralash reallik garniturasi, HP TouchPad plansheti, Juicero Press sharbat siqqichi, Amazon Fire Phone smartfoni va so‘nggi o‘rinni Google Glass “aqlli” ko‘zoynagi egallagan.
Mavzuga oid
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
17:04 / 14.03.2025
Mutaxassis gadjetlar ko‘z saratoniga olib kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
13:58 / 16.05.2023
Samsung 26 iyulda yangi gadjetlari taqdimotini o‘tkazadi
22:10 / 21.04.2023