Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: ko‘p uxlash insultga uchrash xavfini oshiradi
Kam uxlash ko‘plab kasalliklar, oshqozondan tortib infarkt va Alsgeymer xastaligigacha olib kelishi mumkin. Ammo me'yoridan ortiq uxlash ham zararli. Xuachjun fan va texnologiya instituti olimlarining aniqlashicha, ko‘p uxlash keksalarda insultga uchrash xavfini oshiradi.
Mutaxassislar guruhi o‘rtacha yoshi 62da bo‘lgan 31 750 nafar xitoylikning sog‘ligi va uyqusi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularni olti yil davomida kuzatib borishdi. Dastlab barcha qatnashchilar sog‘lom bo‘lgan bo‘lsa, tadqiqot davomida 1557ta insult holati qayd etildi.
Tadqiqot davomida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 24 foizi kechasi 9 soatdan ko‘p uxlashini ma'lum qildi.
Tahlilda aniqlanishicha, 9 soatdan ortiq davom etadigan tungi uyqu insultga uchrash xavfini 23 foizga oshirar ekan.
Kunduzi uzoq uxlash ham insult ehtimolini 25 foizga oshiradi.
Shuni ham qayd etish kerakki, tadqiqot faqat keksalar orasida o‘tkazilgan, uyquning davomiyligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar esa so‘rov natijalaridan olingan. Bu esa natija yanglish bo‘lishi ham mumkinligini bildiradi.
Mavzuga oid
22:32 / 22.03.2025
Insultdan keyin fizioterapiya o‘rnini bosadigan dori yaratildi
14:36 / 04.01.2025
Kuniga 9 soatdan ko‘p uxlash insultga sabab bo‘lishi mumkin - tadqiqot
08:14 / 13.10.2024
Olimlar qon guruhi va erta insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
21:25 / 02.11.2021