2019 yilning eng nufuzli ayollari e'lon qilindi
Germaniya kansleri Angela Merkel Forbes nashri tomonidan 2019 yilning eng nufuzli ayoli deb topildi. Nemis siyosatchisi ushbu nashr 16 yildan buyon e'lon qilib kelayotgan reytinglarda bu yil 14-marta qayd etildi.
Yuzlik ro‘yxatning yuqori o‘nligini amerikalik va yevropalik xonimlar band etgan. Reyting ayollarning biznes, texnologiya, moliya, media, siyosat, xayriya va ko‘ngilochar tadbirlardagi faolligi asosida tuzilgan.
Ikkinchi o‘rinda Yevropa Markaziy banki prezidenti, fransiyalik Kristin Lagard qayd etilgan bo‘lsa, yuqori uchlikni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yakunlab beradi.
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen to‘rtinchi, General Motors ijrochi direktori Meri Bara beshinchi o‘rinda ko‘rsatilgan.
40-pog‘onani Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II band etgan bo‘lsa, yaqinda «Time» nashri tomonidan «Yil odami» deb topilgan yosh ekofaol Greta Tunberg so‘nggi yuzinchi o‘rinni egallagan.
16 yoshli Tunberg – bu ro‘yxatga kirgan tarixdagi eng yosh qiz bo‘ldi. Qirolicha Yelizaveta II esa eng keksa xonim hisoblanadi.
CBNC'ning yozishicha, 2019 yilgi ro‘yxat 7 avlod xonimlarini o‘z ichiga olib, 32 davlat vakillaridan iborat bo‘lgan.
Reytingga kirgan ayollarning teng yarmi – shimoliy amerikaliklardir.
«Ro‘yxatga dunyoning eng qudratli innovator, tahlilchi lider xonimlari kiritilgan. Ular an'anaviy strukturalarni yangilashga xizmat qilayotgan, o‘z sohalarida katta ta'sirga ega ayollar hisoblanadi», – deydi Forbes jurnali vitse-prezidenti Moyra Forbes.
Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu yuz nafar ayolning boyligi jami 2,3 trillion dollarni tashkil etadi. Ularning qo‘l ostida dunyo bo‘ylab 6,5 million xodim ishlamoqda.
Mavzuga oid
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
11:10 / 22.11.2024
Merkel memuarida RFga nisbatan siyosatini himoya qilib chiqdi
22:15 / 04.09.2024
Greta Tunberg G‘azo sektoridagi urushga qarshi o‘tkazilgan norozilik aksiyasida hibsga olindi
11:10 / 18.07.2024