O‘zbekiston | 23:34 / 20.12.2019
4428
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston muzeylari renovatsiya qilinadi

Foto: madaniyat.uz

2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi:

O‘zbekiston muzeylarini renovatsiya qilish;

O‘zbekiston Davlat san'at muzeyi faoliyatini takomillashtirish;

Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq knyaz Romanov qarorgohini rekonstruksiya qilish va faoliyatini ta'minlash.

Quyidagilar dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar;

xalkaro tashkilotlarning grantlari;

Jamg‘armaning mablag‘lari; 

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid