Sport | 13:24 / 21.12.2019
2270
2 daqiqa o‘qiladi

Muhsin Muhammadiyev 2020 yilda ham «Buxoro»ni boshqaradi

«Buxoro» klubi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev 2020 yilgi mavsumda ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Bosh murabbiy Muhsin Muhammadiyev kelasi mavsum jamoamizdagi faoliyatini davom ettiradi. Muhsin Muslimovich klubimizni iyun oyida qabul qilib olgan edi. Ushbu bosh murabbiy boshchiligida jamoamiz 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan. Murabbiyga klub rahbariyati tomonidan yangi mavsumga ham ishonch bildirildi. Muhsin Muslimovich ham o‘z navbatida raqobatbardosh jamoa tuzishga va kelasi mavsumga jamoa bilan puxta tayyorgarlik olib borishini ta'kidladi. Shuningdek, yordamchi murabbiy Oleg Shirinbekov ham kelasi mavsum o‘z ishini davom ettiradi» - deyiladi klub rasmiy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Buxoro» so‘nggi turda OKMK jamoasini 90+2-daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etib (2:1), Superligada qolish vazifasini bajargandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid