Jahon | 18:50 / 22.12.2019
4529
1 daqiqa o‘qiladi

Chikagodagi otishma oqibatidan o‘ndan ziyod kishi yaralandi

AQShning Illinoys shtati Chikago shahridagi uylardan birida yuz bergan otishmalarda kamida 13 kishi yaralangan, deb xabar qilmoqda ABC7 telekanali mahalliy politsiya ma'lumotlariga tayangan holda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, otishma turar joylardan birida tungi bazm chog‘ida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Otishma chog‘ida 13 kishi yaralangan va ularning barchasi mahalliy kasalxonalarga yetkazilgan. Ulardan biri 16 yoshdagi bola ekanligi ma'lum qilinmoqda. Yaralanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Skrinshot ABC7

Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid