Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq hukumati namoyishchilar talabini bajarishga rozi bo‘ldi
Iroq parlamenti namoyishchilar talabini bajarishga rozi bo‘ldi va saylovlar to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Yangi qonunga ko‘ra, endilikda deputatlar faqatgina partiyaviy ro‘yxatdagilardan saylanmaydi. Bundan tashqari, hukumatning har bir a'zosi ma'lum bir saylov okrugini ifoda etadi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi Iroqdagi namoyishchilarning asosiy talabi bo‘lib kelayotgandi.
Mamlakatda norozilik namoyishlari oktyabrdan buyon davom etmoqda. Namoyishchilar parlamentning tarqatib yuborilishini va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda. Ammo qonun chiqaruvchilar yangi qonun qabul qilinguniga qadar parlament tarqatib yuborilishini rad etdi.
Avvalroq mamlakat bosh vaziri Abdul Mahdi oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barchani ish bilan ta'minlashga va'da bergandi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
10:11 / 28.03.2025
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi
09:30 / 28.03.2025