Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadagi oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopildi
Niderlandiya poytaxti Amsterdamda mamlakatda ko‘mirda ishlovchi oxirgi elektr stansiya yopildi. Bu haqda Niderlandiya OAV xabar berdi.
O‘tgan dam olish kunlari Xemveg elektr stansiyasining pechiga oxirgi marta ko‘mir yuklangan, 23 dekabrda esa stansiya rasman to‘xtatilgan.
25 yil davomida elektr energiya ishlab chiqargan elektr stansiyani iqlim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun yopishga qaror qilingan.
Ko‘mir atrof-muhitni eng ifloslantiruvchi qazilma yonilg‘i hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Xemveg elektr stansiyasi yiliga 3,3 megatonna SO2’ni atrofga chiqargan.
Dastlab stansiyani 2024 yilgacha ishchi holatda ushlab turish mo‘ljallangan. Biroq iqlim bo‘yicha Urgenda tashkilotining davlatga qarshi da'vo arizasi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmini bajarish uchun stansiya yopilishi e'lon qilingan.
Niderlandiya hukumati stansiyaga egalik qiluvchi Vattenfall shved kompaniyasiga 52,5 million yevro tovon puli to‘lab bergan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025