Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlarining 6ta asosiy sababi ma'lum qilindi

O‘zbekistonning Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ovqatdan zaharlanish hollariga sabab bo‘luvchi quyidagi 6ta omilni ma'lum qildi:
- oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasiga amal qilinmasligi;
- texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan uskunalarning eskirganligi;
- sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish;
- nomutaxassislarning bu ishga jalb qilinganligi;
- xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi;
- zaharlanish hollari kuzatilgan oziq-ovqat tayyorlash muassacalarining ko‘pincha moslashtirilgan binolarda joylashgani.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i bu haqda 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Senat kengashining kengaytirilgan majlisida aytib o‘tgan.
Otabekovga ko‘ra, ovqatdan zaharlanish holatlari ko‘proq haftaning shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri keladi.
«Ovqatdan guruhli zaharlanish holatlarini ko‘radigan bo‘lsak, bu shanba va yakshanba kuniga ko‘proq to‘g‘ri kelyapti. Ko‘pchilik ovqatlanish muassasalari uchun ish kuni. Odamlarning boshqa ishlarga chalg‘ib qolishi nuqtayi nazaridan bu xavfli muddat hisoblanadi», ─ dedi inspeksiya rahbari.
- Norboyeva: «Odamlar ovqatdan zaharlanyapti – vazirlikning bu bilan ishi yo‘q»
- «Jabrlanuvchilarning yarmidan ko‘pi – bolalar». O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanishga oid raqamlar
Mavzuga oid
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
17:21 / 07.11.2024
Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
19:32 / 23.10.2024