Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stomatolog tishlar uchun eng zararli ichimliklarni aytdi
Londonlik stomatolog shifokor Kristofer Orr tishlar uchun qaysi ichimliklar zararli ekanligini aytdi, deb yozadi The Sun.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tishlarga eng ko‘p zararni gazlangan ichimliklar yetkazadi. Ular tarkibida yuqori darajadagi kislotalilik va ko‘p miqdorda shakar bo‘lishi bois tish emalini parchalaydi.
Shifokor gazlangan ichimliklarni yarim soat oraliqda ichish kerakligini aytdi. Organizmning tabiiy himoyachisi bo‘lgan tupuk ajralib chiqishi uchun aynan shuncha vaqt lozim bo‘ladi.
"Ichimlikni bir necha soat davomida ichaversangiz, organizmda tupuk ajralib chiqishi uchun imkoniyat qolmaydi", — dedi Orr.
U shuningdek, har qanday vino tishlar uchun zararli ekanini, ayniqsa oq vinoda kislota yuqori darajada ekanligini aytdi.
Shifokor tish emalini saqlab qolish uchun ichimliklarni naycha orqali ichish va ho‘plamlar orasida og‘izni suv bilan chayishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi
14:43 / 19.03.2025