Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2020 yilda transport infratuzilmasiga 390 mlrd dollar ajratadi
Xitoy 2020 yilda temir yo‘l qurilishiga 115 mlrd dollar, avtomobil va suv yo‘llari qurilishiga 257 mlrd dollar va aeroportlar qurilishiga 13 mlrd dollar ajratmoqchi. Bu haqda Xitoy transport vaziri Li Syaopen transport masalalariga bag‘ishlangan milliy anjumanda ma'lum qildi.
Vazirning aytishicha, hukumat Lyaonin va Girin provinsiyalari orqali o‘tuvchi yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari qurilishini ma'qullagan. Loyiha qiymati 10,3 mlrd dollarga baholangan. Yana ikkita temir yo‘l liniyasi Mo‘g‘uliston va Xitoyning Ninsya-Xuey muxtor tumanini bog‘laydi. Bu loyiha uchun 7,8 mlrd dollar ajratiladi. Tszyansi viloyatida aeroport qurilishiga 237 mln dollar talab etiladi.
2019 yilda Xitoy hukumati transport infratuzilmasiga 460 mlrd dollar sarmoya qilgan. Buning evaziga 8 ming km temir yo‘l liniyalari, 330 ming km avtomobil yo‘llari hamda 385 kmlik kanallar va 5 ta aeroport qurilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025