Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya Rossiyani g‘arb davlatlari ishlariga aralashishda aybladi
Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok Rossiyani josuslikda, g‘arb davlatlari ichki ishlariga aralashishda va kiberhujumlarda aybladi. Bu haqda vazirning Niderlandiya quyi palatasiga yo‘llagan bayonotida aytilgan.
Rossiya bilan munosabatlarga bag‘ishlangan bayonotda Rossiya g‘arb davlatlariga qarshi josuslikka aloqador ekani, ushbu davlatlar ichki siyosatiga aralashishi va ularga qarshi kiberhujumlar sodir etishi ta'kidlab o‘tilgan.
Ta'kidlanishicha, Rossiya sabotaj, yolg‘on axborot tarqatish va josuslik qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanadi. Moskvada buning uchun turli vositalar mavjud.
“Rossiyaning dabdabali tashqi va xavfsizlik siyosati, yadro salohiyatini modernizatsiyalashi va mustahkamlashi, kiberhujumlari tahdidi oshishi Yevropani xavfsizlik nuqtai nazaridan zaifroq, beqarorroq va kamroq darajada xavfsiz qiladi”, deyilgan hujjatda.
Bayonot muallifining fikricha, Rossiya ataylab yolg‘on ma'lumotlar tarqatadi. Jumladan, 2014 yil Ukrainada qurbonlarining ko‘pchiligini niderlandiyaliklar tashkil qilgan Boeing samolyotining halokati tergovi yuzasidan ham shunday yo‘l tutmoqda.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
00:15 / 20.05.2025