Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadagi shifoxonada vafot etdi
28 dekabr kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga mamlakatimiz fuqarosi S.N.ning bevaqt vafot etgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, u yurak xuruji tufayli Serdang kasalxonasiga yotqizilgan edi.
“Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish uchun barcha zaruriy konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor etadi hamda Malayziya va Bruney hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasiga +603-4253-4406 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025