Sport | 20:34 / 29.12.2019
10449
2 daqiqa o‘qiladi

France Football o‘n yillikning ramziy terma jamoasini taqdim etdi

Nufuzli fransuz nashri France Football dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan oxirgi o‘n yillikning ramziy terma jamoasini taqdim qildi.   

Jurnal jahon futbolida topshiriluvchi eng nufuzli mukofot – “Oltin to‘p” ta'sischisi hisoblanadi. Shu sababli futbolchilarning o‘n yillik terma jamoasiga tanlab olinishida ularning “Oltin to‘p”ga da'vogarlar o‘ntaligiga kirganlari bosh mezon qilib olingan. 

Shu tariqa o‘n yillik terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Iker Kasilyas (“Real” Madrid uchun o‘ynagan, hozirda “Portu” sharafini himoya qiladi), Filipp Lam (“Bavariya”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Serxio Ramos, Marselo, Luka Modrich (barchasi “Real”), Xavi Ernandes, Andres Inesta (“Barselona” o‘yinchilari), Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Real” Madrid uchun o‘ynagan, hozirda “Yuventus” o‘yinchisi), Neymar (“Barselona” uchun o‘ynagan, hozirda “Pari Sen-Jyermen” o‘yinchisi).

Mavzuga oid