Jahon | 09:05 / 29.12.2019
9245
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Kolumbiya prezidentini Venesuelaning dushmani deb atadi

Nikolas Maduro/Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya prezidenti Ivan Dukeni Venesuelaning milliy dushmani deb atadi. Maduroning ta'kidlashicha, Venesueladagi vaziyatni izdan chiqarishga barcha urinishlar ortida rasmiy Bogota turibdi.

Maduro bunday bayonot bilan Karakasda harbiylar oldida chiqdi. U harbiylarni va Kolumbiya bilan chegaradosh shtatlardagi xalq mudofaa kuchlarini ogoh va shay bo‘lishga chaqirgan.

Bir hafta avval Venesuelada muxolifat mamlakat janubidagi harbiy bazaga hujum sodir etgan. Buning oqibatida bir harbiy halok bo‘lgan. Keyinroq mamlakat axborot va kommunikatsiyalar vaziri Xorxe Rodriges hujumni sodir etganlar Kolumbiyadagi mashg‘ulot lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tganlarini ma'lum qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid