Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salkam 27 ming dona pirotexnika vositalari endi «paqillamaydigan» bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarini kirib kelishi va noqonuniy savdosiga qarshi keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda noqonuniy pirotexnika savdosi va va ularning saqlanishi bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari fosh etildi.
Jumladan, tezkor tadbir davomida 5000 dona pirotexnika vositalarini yashirincha sotmoqchi bo‘lgan fuqaro X.A. tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Tadbir davom ettirilib, fuqaro X.A ning ko‘rsatmasiga binoan Muzrabod tumanida yashovchi fuqaro F.U. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, 6500 dona pirotexnika vositalari hamda 7 dona mushaklar borligi ma'lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Termiz shahri, Sariosiyo va Angor tumanlarida tezkor tadbir jadallashtirilib, huquqbuzar fuqarolar qo‘lga olinib, ularda noqonuniy savdoga chiqarilayotgan 15 119 dona pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 26 626 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025