Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Bag‘doddagi elchixonasiga hujumdan keyin Iroqqa 750 askar jo‘natadi
AQSh Iroqdagi elchixonasiga hujumdan keyin Iroqqa qo‘shimcha 750 askar jo‘natadi. Bu haqda Pentagon rahbari Mark Esper ma'lum qildi.
31 dekabrda Iroqda namoyishchilar AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirishgan. AQSh davlat departamenti vakili voqea vaqtida amerikalik diplomatlar jabrlanmaganini ma'lum qilgan. Vashington ushbu hujumda Eronni ayblagan, biroq Tehron buni rad etmoqda. Hujumdan keyin Iroqdagi elchixonani qo‘riqlovchi harbiylarga ko‘mak sifatida Kuvaytdan 100 askar tashlangan.
“Mintaqaga 750 askar darhol jo‘natiladi, qo‘shimcha kuchlar bir necha kun davomida jo‘natilishga tayyor bo‘ladi”, deb yozgan Esper tvitterda.
AQSh elchixonasi oldidagi norozilik namoyishlari “Kattaib Hizbulloh” shia guruhining AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmalari zarbalari vaqtida halok bo‘lgan a'zolari dafn etilgandan keyin boshlangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025