Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston milliy jamoasi himoyachisi «Bunyodkor»ga o‘tadi
Tojikiston milliy jamoasi va «Xo‘jand» klubi himoyachisi Davronjon Ergashev faoliyatini «Bunyodkor»da davom ettiradi. Bu haqda Tojikiston chempionati kumush medallari sovrindori bo‘lgan klub matbuot xizmati xabar berdi.
31 yoshli Ergashev 2019 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Tojikiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan edi. Endi u «Bunyodkor»ga OChL guruh bosqichiga chiqish uchun ko‘maklashadi.
Qayd qilish joizki, Davronjon Ergashev turli yillarda «Regar-TadAZ», «Istiqlol», «Jyetisu», «Taraz» (har ikkalasi — Qozog‘iston) va «Gabala» (Ozarboyjon) klublarida ham o‘ynagan. Tojikiston milliy jamoasi safida 50ta o‘yinda maydonga tushgan.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024