Jahon | 21:59 / 05.01.2020
19805
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaliklar Turkiya va arab davlatlarida hushyor bo‘lishga chaqirildi
Britaniya tashqi ishlar vazirligi amerikalik harbiylar tomonidan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandan keyin britaniyaliklarni Turkiya va BAAda hushyor bo‘lish lozimligidan ogohlantirdi.
«General Qosim Sulaymoniy o‘limidan keyin Britaniya fuqarolari bu hududda [Turkiyada] hushyor bo‘lishlari va oxirgi voqealardan ogoh bo‘lishlari lozim», deyilgan vazirlikda.
Shunday tavsiyalar britaniyaliklar orasida ommalashgan Dubay va Abu-Dabi shaharlari borasida ham berilgan.
Britaniyaliklarga, shuningdek, boshqa arab davlatlari - Qatar, Ummon, Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman, Livan, Isroil, Afg‘oniston va Falastinda ehtiyotkorlikni unutmaslik tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
08:39
Britaniyaning yetakchi universiteti O‘zbekiston OTM bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024