Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 39 mingdan ortiq yashirin ish o‘rinlari mavjud - Zoyir Mirzayev
Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev viloyat faollari, jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazdi. Brifingda 2019 yil yakunlari va 2020 yilgi vazifalar xususida ma'lumot berdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, tadbirda viloyat budjetining 2020 yilgi daromadlar prognozi 4 830,6 milliard so‘m, mahalliy budjet daromadlari 2 935,7 milliard so‘mni va xarajatlari 3693,78 milliard so‘mni tashkil etishi ta'kidlangan.
Viloyat hokimi buni qoplash uchun ishlab chiqilgan rejalar haqda to‘xtalarkan, 2000dan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini ularga ko‘mak berish orqali tiklash, 7500tasini yangidan tashkil etish rejalashtirilganini ma'lum qildi. Shuningdek, Qashqadaryodagi 39 mingdan ziyod yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish lozimligi aytib o‘tildi.
Tadbirda aytilishicha, bugungi kunda mehnatga layoqatli 1 million 349 ming nafar aholining 9,2 foizi ishsizligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:35 / 16.10.2024
Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi
17:10 / 30.04.2024