O‘zbekistonda birinchi bor «Palov indeksi» ma'lumotlari ochiqlandi
O‘zbekistonda eng ommaviy taom – “Palov indeksi” ma'lumotlari shakllantirilishi joriy etilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, “Osh markazlari”)dagi 1 kg palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma'lumotlar shakllantirilib borilmoqda.
Ushbu ma'lumotlarning shakllanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
1. Respublikaning barcha hududlarida 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqilib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha masalliqlar ro‘yxatini shakllantirildi. Unga ko‘ra:
- O‘simlik yog‘i (300 gr.);
- Piyoz (300 gr.);
- Mol go‘shti (700 gr.);
- Sabzi (1 kg.);
- Guruch (1 kg.);
- No‘xat (100 gr.);
- Mayiz (50 gr.);
- Ziravorlar (10 gr.);
- Osh tuzi (5-10 gr.).
2. Hududlardagi (ilovaga muvofiq) umumiy ovqatlanish muassasalarida “1 porsiya” palovning o‘rtacha narxini ro‘yxatga olish (1 hududdan kamida 3 ta muassasa).
3. 1 kg tayyor palovning qiymatini hisoblash (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda).
4. Ma'lum davriylikda 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar narxlarining o‘zgarishi.
5. Shakllangan tahliliy ma'lumotlarni ma'lum davriylikda e'lon qilib borish.
Ana shunday bosqichlarda “Palov indeksi” ma'lumotlari shakllantirildi.
Mavzuga oid
14:59 / 10.11.2024
2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
09:45 / 10.11.2024
O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024