Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan binoning 16-qavatidan tushib ketdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yilning 5 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Primore tumanida O‘zbekiston fuqarosi R.X.ning jasadi topilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik fuqaro qurilayotgan obektning 16-qavatidan tushib ketgan. Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025