Sport | 15:36 / 11.01.2020
10960
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov «Rubin»ni tark etdi

Qozonning «Rubin» klubi va 32 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov ikki tomonning roziligi asosida shartnomani bekor qilishdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

«Krilya Sovetov» jamoasidan «Rubin» klubiga 2019 yilning iyun oyida o‘tgan Vitaliy Denisov jamoasi safida Premer-liga doirasida 8 o‘yinda, Rossiya kubogi doirasida esa bitta bahsda maydonga tushdi. Vitaliy Denisov qishki transfer oynasi vaqtida o‘ziga boshqa klub topishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premer-ligasi birinchi davrasidan keyin 13-o‘rinda borayotgan Tatariston klubi dekabr oyida Roman Sharonovni iste'foga chiqarib, Leonid Slutskiyni bosh murabbiy etib tayinlagandi.

Mavzuga oid