Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop rasman ishga tushirildi
Xitoy janubida dunyodagi eng katta va eng sezgir sferasimon radioteleskop FAST rasman ishga tushirildi. Bu haqda 11 yanvarda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, aperturasi 500 metr bo‘lgan radioteleskopning qiymati 170 mln dollarni tashkil qilgan.
Uning maydoni 30 ta futbol maydoniga teng bo‘lib, perimetri 1,6 kmni tashkil qiladi. Obekt Guychjou provinsiyasining janubidagi tabiiy botiqlikda joylashgan.
Ayni vaqtda FAST dunyodagi eng yirik radioteleskop hisoblanadi. U koinotning rivojlanishi va evolyutsiyasi bilan bog‘liq jumboqlarni yechish uchun qo‘llanadi.

Teleskopning bosh muhandisi Tszyan Penning ta'kidlashicha, FAST evaziga yaqin yillarda bir qator yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshiriladi.
FAST 2016 yilda qurib bitkazilgan. Uning qurilishi 5 yil davom etgan. Soniyasiga 38 Gbayt axborotni qabul qila oladigan teleskop 2 yil ichida 102 ta yangi pulsar yulduzni aniqlagan. Bu esa Yevropa va AQShdagi tadqiqot guruhlari tomonidan shu davr ichida topilgan umumiy pulsarlar sonidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025