Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada o‘zbekistonlik talaba YTHga uchradi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 8 yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.
Elchixona konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib, bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoshlarini qidirishmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +48-22-894-62-30 (2)
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024