Okean harorati rekord darajaga yetdi
2019 yilda Dunyo okeani harorati rekord darajaga yetdi. Bu esa global isishdan darak beradi, deb yozmoqda The Guardian nashri.
Minnesotadagi Avliyo Tomas universiteti (AQSh) professori Jon Abraxamning ma'lum qilishicha, oxirgi 5 yil okean harorati oshishi bo‘yicha rekordchi yillar hisoblanadi.
Olimning ta'kidlashicha, okeanlar isishi kuchliroq shtormlarga olib keladi va suv aylanishini izdan chiqaradi. Bu esa ko‘proq toshqinlar, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari hamda dengiz sathi ko‘tarilishiga olib keladi.
“Aynan okeanlar sizga Yer qanchalik tez qiziyotganini aytadi. Biz 2019 yil kuzatuvlar tarixidagi nafaqat eng issiq yil bo‘lgani, balki oxirgi o‘n yillikda eng katta bir yillik o‘sishni namoyish qilganini aniqladik”, deb aytgan Abraxam.
Olimlarning ta'kidlashicha, asr oxirigacha dengiz sathi ko‘tarilishi 1 metrga yaqinni tashkil qilishi mumkin. Bu esa 150 mln kishining boshqa joylarga ko‘chib o‘tishiga olib keladi.
Mavzuga oid
15:54 / 19.09.2024
Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dog‘i: uni tozalashga 7,5 mlrd dollar ketadi
14:45 / 16.09.2024
Yer yuzidagi eng yirik ommaviy qirilishga okean suvining qizishi sabab bo‘lgan – tadqiqot
20:03 / 27.08.2024
BMT rahbari global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qildi
11:46 / 24.08.2024