Light | 16:20 / 15.01.2020
58836
1 daqiqa o‘qiladi

Qon bosimini qanday qilib dorisiz tushirish mumkin?

Qon bosimi ko‘tarilishi gipertoniya deb ataladi. Gipertoniya (gipertenziya) ko‘pincha yorqin belgilarsiz kuzatiladi, ammo tahlikali yurak-qon tomir kasalliklari va insult rivojlanishi xavfini keskin oshiradi. 

Brusnika sharbati yuqori qon bosimini pasaytirishga samarali yordam beradi. Buni tabiiy fanlar magistri Enn Kivimyaki aniqladi, deb xabar beradi Medical Xpress nashri.

Enn o‘zining doktorlik dissertatsiyasida 8-10 hafta davomida genetik gipertenziv kalamushlarda muzdek brusnika sharbati, klyukvadan tayyorlangan sok va qorag‘at sharbatining yurak-qon tomir tizimiga ta'sirini o‘rganib chiqdi.

Natijada suyultirilgan brusnika sharbati yuqori qon bosimini sezilarli darajada tushirishi aniqlandi. Shu bilan birga, Kivimyaki sharbatning quyuq turi ham tomirlar faoliyatiga foydali ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlagan.

Enning ta'kidlashicha, brusnika suvi tarkibidagi juda ko‘p polifenol mavjud bo‘lib, bu yurak qon-tomir xastaliklari xavfini kamaytiradi.

Mavzuga oid