Light | 19:49 / 16.01.2020
15677
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 6,5 kilometrlik tort pishirildi

Hindistonlik qandolatchilar jahon rekordi o‘rnatish maqsadida 6,5 kilometrlik vanil tort pishirishdi. Tortning eni bor-yo‘g‘i 10 smni tashkil qilgan. U ochiq havoda bir necha ming stol ustiga joylashtirilgan.

Foto: AFP

Ma'lum qilinishicha, ulkan shirinlikni tayyorlash ustida 4 soat davomida 1500 qandolatchi ishlagan. Tortni tayyorlash uchun 12 tonna un va shakar talab etilgan.

Ginness rekordlar kitobi qo‘mitasi tortning rekord kattalikda ekanini tasdiqlasa, u xitoylik qandolatchilar o‘rnatgan avvalgi rekordni ortda qoldiradi. Xitoyliklar 2018 yilda 3,2 kmlik mevali pirog pishirishgan. 

Mavzuga oid