O‘zbekiston | 13:38 / 16.01.2020
19974
4 daqiqa o‘qiladi

Sherobod tumani hokimi o‘z lavozimiga qayta tasdiqlandi

Joriy yilning 15 yanvar kuni Sherobod tumani hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman faollari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya avvalida Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashiga yangi saylangan deputatlarga deputatlik ko‘krak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. 

Sessiya kun tartibida: 

1. 2019 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha tuman saylov komissiyasi raisining axboroti.

2. Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.

3. Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida.

4. Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida.

5. Tashkiliy masala.

6. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman saylov komissiyasi raisi I.Jo‘rayevning xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqidagi axboroti eshitildi. Navbatdagi xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash masalasi yuzasidan sessiya kotibi, tuman Kengashi deputati B.Rizvanovning axboroti eshitildi hamda xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaror tasdiqlandi. Sessiya ishida kun tartibidagi Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi, xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida qaror loyihalari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov tomonidan Sherobod tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Samatov Xolmamat Djurayevich Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan Sherobod tumani hokimi lavozimiga - shu paytga qadar Sherobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Amirov Alisher Xurramovichni tayinlash to‘g‘risidagi Surxondaryo viloyati hokimining qarorini o‘qib eshittiridi hamda mazkur qaror yuzasidan Sherobod tuman Kengashi deputatlarining fikr-mulohazalari tinglandi. Deputatlar Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan Sherobod tumani hokimi lavozimiga Amirov Alisher Xurramovichni tayinlash to‘g‘risidagi qarorini yakdillik bilan qo‘llab–quvvatladi. Sherobod tumani hokimi lavozimiga Amirov Alisher Xurramovich nomzodi tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan 30-Sariqamish saylov okrugidan saylangan deputat Choriyev Abduzoirning nomzodi tavsiya etildi va Sherobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Mavzuga oid