Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 martdan inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
Hozirgi tartibga ko‘ra, inkassatsiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi.
Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.
Qaror e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025