Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron harbiylari Fors ko‘rfazida Kuvaytning uchta kemasini ushladi
Islom inqilobi muhofizlari korpusi katerlari Fors ko‘rfazida Kuvaytga qarashli uchta kemani ushladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning xabariga ko‘ra, "Kuvaytga qarashli uchta kema Eron hududiy suvlariga bostirib kirganidan so‘ng ushlangan".
Islom inqilobi muhofizlari korpusi vakilining aniqlik kiritishicha, "Kuvaytga qarashli baliqchilik shxunalari Mohshahr shahri yaqinida ushlangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, shxunalar hududga noqonuniy ravishda kirgan.
U shuningdek, to‘qqiz nafar ekipaj a'zosi hibsga olingani va Eron sud hokimiyatiga topshirilganini aytdi.
Mazkur holat bo‘yicha Kuvayt amirligi hukumati tomonidan rasmiy izoh hozircha berilmadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
10:12 / 20.05.2025