Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada norozilik sifatida eng katta GES faoliyati to‘xtatildi
Hukumat taklif qilgan pensiya islohotiga norozilik sifatida Fransiyadagi eng qudratli Grand'Maison gidroelektrostansiyasi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.
BFMTV telekanalining ma'lumot berishicha, Izer departamenti hududida joylashgan GES dushanba kuni ishlashdan to‘xtagan.
"CGT islohot loyihasiga qarshi chiqqan holda elektr ishlab chiqarish va taqsimlash sohasidagi norozilik aksiyalarini davom ettiradi. Ushbu aksiyani o‘tkazish qarori norozilik bildirayotgan xodimlar yig‘ilishida qabul qilingan", - deb xabar bermoqda telekanal.
Mazkur GESning loyihaviy quvvati 1800 megavattni, ya'ni Fransiyada Électricité de France (EDF) kompaniyasi foydalanayotgan barcha GESlar quvvatining 9 foizini tashkil etadi.
Fransiyada beshinchi dekabr kuni hukumat e'lon qilgan pensiya islohotiga qarshi umummilliy ish tashlashi boshlandi. Ish tashlashlar natijasida mamlakatda jamoat transporti faoliyati izdan chiqdi. Pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi fevralda Fransiya parlamentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025