O‘zbekiston | 14:40 / 22.01.2020
78236
1 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekov vazir bo‘lishi mumkin

Ozodbek Nazarbekov nomzodi Madaniyat vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan. 

Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan yangi hukumat uchun nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma'qullash masalalari muhokama qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Ozodbek Nazarbekov nomzodi Madaniyat vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan.

2017 yil avgustidan buyon Madaniyat vaziri sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Sayfullayev Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangach, hukumatni tark etishi ma'lum bo‘lgandi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilning iyunida «Yoshlar» telekanali direktori etib tayinlangan, bu lavozimda bir oy ishlagach, lavozimini tark etib telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirgan, 2017 yilning avgustida esa madaniyat vaziriga o‘rinbosar bo‘lgandi. 

Mavzuga oid