Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'a turizm markaziga aylantiriladi
Ellikqal'a tumani Bo‘ston shahrida “Ellikqal'a – turizm markazi” xalqaro ilmiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Forumning asosiy maqsadi Ellikqal'a tumanini yangi turizm markaziga aylantirishdir.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ellikqal'a tumani hokimligi hamda "Hamkor Stimul Servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi shafeligi ostida o‘tkazilmoqda.

Anjumanda Saudiya Arabistoni elchixonasi press attashesi Naif Al-Dosariy, "Hamkor Stimul Servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Sultonova, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi marketing tadqiqotlari va milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish boshqarmasi boshlig‘i O.Olimjonov, Irlandiyaning marketing bo‘yicha mutaxassisi Penni Oneyl hamda Xitoy kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari Li Gem Cher va Li Robert ishtirok etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M. Jumanov Ellikqal'a tumani va umuman butun Qoraqalpog‘iston bo‘yicha rejalashtirilgan investitsion loyihalarni qayd etib o‘tdi.
Anjuman davomida ishtirokchi va mehmonlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani hududida joylashgan qadimiy Xorazm qal'alari haqida ma'lumotlar berildi.

Yetakchi arxeolog G.Xo‘janiyozov tomonidan hududdagi tarixiy yodgorliklar, ularning nomlari va o‘ziga xos xususiyatlari, sobiq Qavat qal'a vohasiga oid taqdimot namoyish etilib, ularning hali to‘laligicha o‘rganilmagani ta'kidlandi.
G.Xo‘janiyozov qoraqalpog‘istonlik arxeologlarning Sidney universiteti bilan 20 yildan ziyod hamkorlik qilayotganini qayd etib, har bir tarixiy obektning muhofaza qilinuvchi zonasini belgilab olishni taklif qildi.
Ellikqal'a tumani hokimi S.Avezovning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda Ellikqal'a tumaniga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 50 mingdan oshdi.
“Ellikqal'a – turizm markazi” xalqaro konferensiyasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish to‘g‘risida”gi chora-tadbirlar rejasi ijrosi sifatida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025