Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi virus tufayli boks bo‘yicha Olimpiadaga saralash turniri bekor qilindi
Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan yozgi olimpiadaga saralash musobaqasi bekor qilindi.
«3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit'alari uchun boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa o‘tishi belgilangan edi. Afsuski, ushbu hududda hayot uchun xavfli koronavirusning tarqalishi sabab lisenzion turnir bekor qilindi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shafeligida o‘tadigan lisenzion musobaqa qachon va qayerga ko‘chirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi», deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda O‘zbekiston boks terma jamoasi Uishan shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi virusdan zararlanganlar soni 570 kishidan oshdi, 17 kishi uning qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
09:20 / 13.04.2025