Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mamlakat bo‘ylab koronavirus tarqalishi tezlashgani ma'lum qilindi
Xitoyda xavfli koronavirus infeksiyasining tarqalish sur'ati tezlashdi, deb ma'lum qildi XXR raisi Si Tszinpin.
"Biz xavfli vaziyatga duch keldik, yangi koronavirusning tarqalishi tezlashmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Xitoy OAV.
Avvalroq mamlakat hududida 1355ta yangi koronavirus yuqtirish holati qayd etilgani, 41 kishi vafot etgani ma'lum qilingandi.
Global Times nashrining yozishicha, Xitoyda aholini yangi koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar 1 mlrddan ortiq kishini qamrab oladi. Uning ma'lumot berishicha, 22 provinsiya va munitsipalitetda xavfning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.
Xitoydan tashqari, Janubiya Koreya, Yaponiya, Tayland, Avstraliya, Fransiya, Malayziya, AQSh, Vetnam va Singapurda virus yuqtirish holati aniqlangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025