O‘zbekiston | 20:32 / 27.01.2020
41864
1 daqiqa o‘qiladi

SamAuto'ning O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi

2019 yilning noyabr oyida SamAuto kompaniyasi tomonidan ISUZU D-Max pikaplari taqdimoti o‘tkazilgan va oldindan buyurtmaning ochilishi haqida e'lon qilingandi.  Avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo‘lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar SamAuto zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat bo‘ldi. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan D-MAX IRBIS modifikatsiyasini afzal ko‘rdilar. D-MAX IRBIS ning yuk ko‘tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi. 

O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.

Mavzuga oid