Sport | 15:21 / 30.01.2020
10142
1 daqiqa o‘qiladi

O‘FA Drulovich bilan shartnomani uzaytirmaydi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) yoshlar milliy jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqdagi qaror o‘zaro kelishuvga asosan qabul qilingan.

Serbiyalik mutaxassis 2019 yil yanvar oyida O‘zbekiston U23 jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlangan va uning oldiga Tokio-2020 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan edi. Biroq jamoa U23 Osiyo chempionatida kuchli uchlikka kirolmadi va bu vazifani uddalamadi.

Lyubinko Drulovich murabbiylik faoliyatida Serbiyaning «Banat», «Partizan», Sloveniyaning «Drava», Angolaning «Primeyru de Agushtu», Serbiya U19 jamoasi, Makedoniya milliy jamoasi va BAA yoshlar jamoasida ham ishlagan.

Mavzuga oid