Sport | 20:14 / 31.01.2020
5519
1 daqiqa o‘qiladi

Australian Open finalchilari ma'lum bo‘ldi 

Avstraliyaning Melburnida tennis bo‘yicha o‘tayotgan Australian Open finalida ushbu musobaqaning 7 karra g‘olibi serbiyalik Novak Jokovich va avstriyalik Dominik Tim uchrashadigan bo‘ldi.

Final uchrashuvi 2 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Tim yarimfinalda germaniyalik Aleksandr Zverevni 3:6, 6:4, 7:6 (7:3), 7:6 (7:4), Jokovich esa Rojyer Federerni 7:6(1), 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etgan. 

Jokovich Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. 

Ayollar finalida amerikalik Sofiya Kenin va ispaniyalik Garbinya Mugurusa uchrashadi. Uchrashuv 1 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid