Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya tabiati kuchli yong‘inlardan keyin jonlana boshladi (foto)
Avstraliyaliklar mamlakatlarida bir necha oy davom etgan kuchli yong‘inlardan keyin katta talofat ko‘rgan tabiat yana jonlana boshlaganini aks ettiruvchi suratlar bilan bo‘lishishmoqda. Jumladan, ular yong‘indan qop-qora ko‘mirga aylangan daraxtlar yana kurtak yozayotgani, kuli ko‘kka sovurilgan yerlarda o‘simliklar bo‘y cho‘zayotgani suratlarini e'lon qilishmoqda.
“Ona-tabiat – kuchli. U hech narsaga qaramay, tiklanmoqda”, deb izoh qoldirishgan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda.
Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari sentyabrdan boshlanib, dekabr oxirida o‘z cho‘qqisiga yetgandi. Ular kuzatuvlar tarixidagi eng vayronkor yong‘inlar bo‘ldi. Yong‘in 20 mln gektar yerning kulini ko‘kka sovurgan. Yong‘inlar 25 kishining va milliardan ko‘proq jonzotning halokatiga olib kelgan. Mutaxassislarning baholashicha, yashil qit'aga tiklanish uchun 100 yilga yaqin vaqt talab etiladi.
Yanvar o‘rtalarida mamlakatda boshlangan kuchli yog‘ingarchilik o‘rmon yong‘inlari tugashiga yordam bergan.
Mavzuga oid
21:34 / 01.05.2025
Isroil olov ichida
19:52 / 01.05.2025
Isroilda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan 18 kishi qo‘lga olindi
23:44 / 30.04.2025
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
12:24 / 30.04.2025