Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Brexit’ga atab chiqarilgan oltin tangalar bir kunda sotilib ketdi
Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishiga atab chiqarilgan 50 penslik oltin tangalar bir kunda sotilib ketdi.
Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Qirollik zarbxonasi Brexit amalga oshadigan kun - 31 yanvarda bunday tangalardan 1,5 mingtasini sotuvga chiqardi. Har bir tanganing narxi 945 funt sterlingni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, cheklangan miqdorda ikkita 50 penslik tangadan iborat to‘plamlar sotuvga chiqarilgan. Tangalardan biri Britaniyaning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kirishi sharafiga 1973 yilda chiqarilgan, ikkinchisi esa 2020 yilgi Brexit’ga atalgan tangadir. Bunday to‘plamdan 5 ming donasi 30 funt sterling narxdan sotuvga chiqarilgan.

Shuningdek, Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishiga atab oddiy metalldan ishlangan 3 mln dona 50 penslik esdalik tangalar muomalaga chiqariladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025